Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Venesuela BMTda Guaydo bo‘yicha bahslashib ketdi
AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams, agar muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Kolumbiyadan qaytgach ta'qib etilsa, Venesuela hukumatiga «global javob» bilan tahdid qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Venesuelaning BMTdagi doimiy vakili Samuel Monkada Guaydoning taqdiri qaytib kelganidan so‘ng mamlakat oliy sudi tomonidan hal qilinishi haqida ma'lumot bergan.
Abrams, Guaydo ta'qib qilinishi mumkinligi haqida gapirib, Venesuela hukumatiga «global javob» bilan tahdid qildi.
«Mening fikrimcha, global javob talab etiladi va sizlar, agar janob Guaydo qo‘lga olinsa, ko‘plab davlatlar tomonidan jiddiy reaksiyani ko‘rasiz», - dedi Amerika doimiy vakili.
U «global javob» nimani anglatishiga aniqlik kiritmadi.
Reuters xabariga ko‘ra, Venesuelaning PDVSA davlat kompaniyasi o‘tgan oy AQSh sanksiyalari tufayli neft eksportini 40 foizga qisqartirgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela Amerikaning PDVSA’ga qarshi sanksiyalari joriy etilganidan beri kuniga 920 ming barrel yoqilg‘i va neft eksport qilgan. Shu bilan birga, Reuters’ning qayd etishicha, avval bu ko‘rsatkich 1,47 - 1,66 million barrelni tashkil etgan.
O‘z navbatida, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning so‘zlariga ko‘ra, venesuelalik harbiy xizmatchilarga armiyadan qochish va Kolumbiyaga o‘tib ketish uchun 20 ming dollardan taklif qilishgan. Bu haqda TASS Venesuela davlat axborot agentligiga asosan xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela Mudofaa vazirligi «100ga yaqin» harbiy xizmatchi Kolumbiyaga o‘tib ketgani va 20 ming dollarlik pul mukofotini kutib turganini aniqlagan, biroq ular pulsiz qolgan. Lopes venesuelalik harbiylarga kim pul taklif qilganiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela MBdan sakkiz tonna oltin olib chiqib ketilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025