Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK reytingi. O‘zbekiston klublarining OChL kvotasi kamayishi mumkin
Dushanba, 4 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi start oladi.
Demak, OFK klublar reytingiga e'tibor qaratish uchun qulay fursat keldi, deb yozadi Futbolium telegram-kanali.
Oldin reytingning asosiy tamoyillarini eslab o‘tamiz:
- u so‘nggi 4 yillik natijalar asosida tuziladi;
- unda faqat klublarning OFK turnirlaridagi natijalari hisobga olinadi;
- 2019 yil yakuniga ko‘ra, 2021 va 2022 yillar uchun kvotalar aniqlanadi.
Ayni paytda, G‘arbiy mintaqada O‘zbekiston 6-o‘rinni egallab, kvotaning 1+2 dan 1+1 ga tushib qolish xavfi ostida turibdi (ya'ni guruh bosqichida 1 klub + saralash bosqichida 1 klub).

O‘zbekiston 5-o‘rinni egallab turgan Iroqdan 2 ball orqada boryapti. Endi kelgusidagi kvotalar taqdiri «Lokomotiv» va «Paxtakor»ga bog‘liq bo‘lib turibdi. Guruh bosqichida Iroq 1ta klub «Az-Zavra» bilan ishtirok etmoqda, demak, uning har 1 ochkosi mamlakat reytingiga 1 ball keltiradi. O‘zbekiston klublarining har bir turda to‘plagan ochkosi 2ga bo‘linadi, chunki klublar tomonidan to‘plangan ochkoni o‘rtacha miqdori reytingda hisobga olinadi.
O‘zbekiston reytingda 4-o‘rinni egallab turgan BAAga (kvotasi 2+2) yetib olishi juda qiyin. Biz ulardan 12 ball orqada qolyapmiz. Ammo 5-o‘rinda turgan Iroqdan o‘zib ketish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Agar yil oxiriga qadar shu voqea yuz bersa, O‘zbekiston 2021 va 2022 yillarda ham 1+2 kvotaga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
18:20 / 29.10.2024
Akram Afif - Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi!
17:46 / 29.10.2024