Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Turkiyadagi bosh konsulligini vaqtinchalik yopdi
Xitoy Turkiyaning Izmiridagi bosh konsulligini Pekin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarda taranglik yuzaga kelgani sababli vaqtinchalik yopishga qaror qildi. Bu haqda Xitoyning Turkiyadagi elchixonasi bayonotida aytilgan.
“Izmirda bosh konsullikning rasman ochilishi 2015 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan va o‘shandan beri u Xitoy va Izmir viloyati o‘rtasida hamkorlikni yaxshilashda muhim rol o‘ynagan. Xitoy tomoni 2019 yil 28 fevralda Izmirdagi bosh konsullikni yopishga qaror qildi va bu haqda Anqarani xabardor qildi. Turkiya tomoni bu qarorni tushunish bilan qabul qilganini ma'lum qildi. Izmirdagi konsullik ishini Anqaradagi elchixona bajaradi”, deyilgan xabarda.
Fevral boshida Turkiya tashqi ishlar vazirligi vakili Xitoy hukumatini Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumanida uyg‘urlar uchun konslagerlarni yopish va u yerda noqonuniy ushlab turilganlarni ozod qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025