Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Venesuelaga qaytishini ma'lum qildi
O‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydo Venesuelaga qaytayotganini ma'lum qildi va yangi namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi.
"Mamlakatga qaytayotganimni ma'lum qilaman va butun mamlakat bo‘ylab dushanba va seshanba kunlari chiqishlar qilishga chaqiraman", - deb yozdi Guaydo Twitter sahifasida.
Avvalroq AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams mamlakat hukumatini Kolumbiyadan qaytmoqchi bo‘lgan Guaydoni hibsga olmaslik haqida ogohlantirgandi. Guaydo 22 fevral kuni Venesuelani tark etishi taqiqlangan bo‘lsa-da, Kolumbiyaning Kukuta shahriga borgandi. Venesuela oliy sudi vakili Xuan Karlos Valdes Guaydo taqiqni buzib mamlakatni tark etgani uchun 30 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.Guaydo 23 yanvarda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025