Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo o‘yinlarida endi Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi
Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Ushbu tadbir davomida mutasaddilar qator masalalarni ko‘rib chiqishmoqda.
MOQ matbuot xizmati xabar berishicha, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadigan bo‘ldi. Bosh Assambleya ishtirokchilari Okeaniya mamlakatlarini ham qit'amiz sport bayrog‘i ostida birlashtirish uchun ushbu qarorni ma'qullashdi.
Bunday jarayon 2017 yili Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi va jangovor sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida sinovdan o‘tkazilgan. O‘sha musobaqada Okeaniya mamlakatlaridan Fiji 1 tadan oltin va kumush medallarini jamg‘arib, ushbu mintaqa vakillari orasida yetakchi bo‘lgandi.
«Okeaniya va Osiyo ko‘plab jihatlarda bir-biriga juda yaqin. Ana endi sport bo‘yicha birlashmoqdamiz. Bu yangilikni e'lon qilishdan boshimiz ko‘kka yetdi», – deydi Okeaniya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Robin Mitchel.
Shu tariqa 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida qit'adoshlarimiz qatorida Okeaniya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan atletlar ham medallar uchun bahs olib borishadi. Biroq Okeaniya mamlakatlari qaysi sport turlarida va qancha sportchi bilan ishtirok etishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi. Shuningdek, anjuman davomida boks va akademik eshkak eshish sport turlari bo‘yicha Olimpiya yo‘llanmalarini beradigan musobaqalarni ikki mintaqa sportchilari uchun birga o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
09:00 / 23.10.2024
Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
20:01 / 28.07.2024