Pokiston ustidan parvoz qilishga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi
Pokiston aviatsiya rahbariyati mamlakat ustidan parvoz qilish borasidagi taqiq muddatini yana bir kunga uzaytirdi
Bu haqda Pokiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi saytida xabar qilindi.
Shu bilan birga, mamlakatning to‘rt aeroporti tijorat parvozlarini cheklangan rejimda amalga oshirmoqda. Bular Peshovar, Kvetta, Karochi, Islomoboddagi aeroportlar bo‘lib, ular 1 mart kuni tegishli ruxsatnomani olgan.
Pokiston havo sarhadi Hindiston bilan keskinlik yuzaga kelgani sababli 27 fevral kuni yopilgandi. Vaziyat keskinlashishiga Jammu va Kashmir shtatida hind harbiylariga hujum qilinishi sabab bo‘ldi. 45 kishining hayotiga zomin bo‘lgan mazkur hujum uchun javobgarlikni "Jayishi Muhammad" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
14:32
Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024