O‘zbekiston | 10:40 / 05.03.2019
29078
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kichik yoshdagilarda yurak porogi. Nimadan xavotirga tushish o‘rinli?

Bolalar o‘ynab ham charchashi mumkin, biroq charchoq har doim ham beziyon bo‘lavermaydi, ba'zi holatlarda u xavfli kasalliklardan darak berayotgan bo‘lishi mumkin! Yurak kasalliklari shular jumlasiga kiradi. Tug‘ma yurak porogi eng keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi.

Dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, har yili 1 milliondan ziyod bola shunday tashxis bilan tug‘iladi. Ba'zilarda kasallik nasldan naslga o‘tgan bo‘lsa, boshqalarda uning yuzaga kelishiga atrof-muhitning salbiy ta'siri sabab bo‘lgan.

ACIBADEM Universitetining Atakent shifoxonasi bolalar kardiologi, professor Ender Odemishning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlikning 18 haftasidayoq exokardiografiya yordamida bolada yurak kasalliklari bor yoki yo‘qligini aniqlash mumkin. U bo‘lg‘usi onalarga muntazam ravishda tekshiruvlardan o‘tishni tavsiya qiladi.

Professor Ender Odemish

Professor Ender Odemish yurak porogi mavjudligidan dalolat beruvchi besh muhim belgini ma'lum qilib, bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishga oid bir necha maslahat berdi.

Ko‘krak qafasidagi og‘riq – eng keng tarqalgan va muhim belgilardan biri. U har doim ham yurak bilan bog‘liq muammolardan darak beravermaydi, og‘riq skelet-mushaklar, nafas yoki hazm qilish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘krak qafasidagi yurak kasalligi bilan bog‘liq og‘riq odatda jismoniy mashqlar vaqtida paydo bo‘lib, nafas siqishi, charchoq, sianoz, ritmning tezlashishi yoki buzilishi bilan kuzatiladi. Ba'zan jismoniy og‘irlik ko‘payganda og‘riq kuchayadi. Agar og‘riq haddan tashqari tor qon tomirlari sabab yuzaga kelayotgan bo‘lsa, u holda bu vaqtda jismoniy og‘irlikning kuchayishi jiddiy asoratlar – hushdan ketish va hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin.

Kichik yoshda vazn to‘plash bilan bog‘liq muammolar – yurakdagi yetishmovchilikning muhim belgilaridan biri. Sog‘lom bola o‘z hayotining birinchi oyida kuniga 15 grammdan 30 grammgacha vazn to‘playdi, oltinchi oyga borib bolaning tug‘ilgan vaqtidagi vazni – ikki baravarga, 1 yoshda esa uch baravarga oshishi kerak. Biroq tug‘ma yurak porogi bo‘lgan bolalar organizmning yetarlicha kislorod va to‘yimli moddalar bilan ta'minlanmasligi sabab yaxshi vazn to‘play olmaydi. Boshqa belgilar bilan qo‘shilganda esa bolaning ahvoli yomonlashishi mumkin.

Tsianozda teri qoplami o‘z rangini o‘zgartiradi, lab, og‘iz atrofi, tirnoqlarda ko‘kimtir rang seziladi. Og‘iz bo‘shlig‘i yoki tilda bunday o‘zgarishlarni aniqlash qiyinroq. Tsianoz ko‘pincha ortiqcha jismoniy harakatlarda namoyon bo‘ladi, masalan, chaqaloq ko‘krak suti bilan oziqlanayotgan vaqtda. Arterial qon kislorodga to‘yinmagan siyohrangga yaqin to‘q rang qon bilan aralashishi natijasida ko‘kimtirlik yuzaga keladi. Tsianoz yaqqol yoki qisman namoyon bo‘lishi mumkin. Qo‘l va oyoqlar uchi rangi o‘zgarishi, shuningdek, sovuq qotish yoki to‘yib ovqatlanmaslik bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin - asosiysi, adashtirib yubormaslik.

ACIBADEM shifoxonasining bolalar kardiologi, professor Ender Odemishning ta'kidlashicha, yurak urishidagi buzilishlar – tezlashish, sekinlashish yoki noritmik zarbni bola tug‘ilmasidan avvalroq aniqlash mumkin. Biroq muammolar har doim ham yurak kasalligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ular bezgak, kamqonlik, qalqonsimon bez kasalliklari natijasida yuzaga kelishi ham mumkin. O‘smirlik davrida bunday sabab psixogen holatda yashiringan bo‘lish ehtimoli bor. To‘liq tekshiruv bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.

Qattiq charchash – yurakdagi yetishmovchilikning muhim belgilaridan biri. Ona suti bilan oziqlanuvchi bola 10 daqiqadan ortiq ema olmaydi, chunki ona suti bilan oziqlanish davomida bolaning nafasi siqa boshlaydi, peshonasida ter paydo bo‘ladi, nafas olishi tezlashadi. O‘smirlik davrida mashg‘ulotlar davomida bolalar vaqti-vaqti bilan dam olishi kerak.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19-uy

Telefon: +99895 144 54 45

Shuningdek, ACIBADEM shifoxonasining rasmiy sayti orqali ham barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid