Sport | 19:50 / 06.03.2019
11971
1 daqiqa o‘qiladi

Sulsher yozda «MYu»ni tark etadi

Norvegiyaning «Molde» klubi bosh direktori Oysteyn Neyerland bayonotiga ko‘ra, Ule-Gunnar Sulsher yozda jamoaga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida mutaxassis «Manchester Yunayted» bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan edi.

«Yangi yildan oldin, Ule-Gunnar bilan 2021 yil yoziga qadar shartnoma imzoladik. Shundan so‘ng, u «Manchester Yunayted»ga ketdi. U yerda yozgacha ishlaydi, keyin «Molde»ga qaytadi», – deb Neyerland so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Sulsher qo‘l ostida «Yunayted» 29 turdan so‘ng, APL jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid