O‘zbekiston | 18:42 / 06.03.2019
23812
2 daqiqa o‘qiladi

«Umra» tadbirining turistik firmalar tomonidan tashkil etilishi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: REUTERS/Ahmad Masood

Vazirlar Mahkamasining fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e'tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta'minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori saviyada va tizimli tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan “Haj” va “Umra” ziyoratlarini yuqori saviyada va tizimli tashkil etish xamda ushbu yo‘nalishda bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, “Umra” tadbirining turistik firmalar tomonidan tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Bunda litsenziya shartlariga qo‘shimcha kiritgan holda, turizm faoliyati sub'yektlari tanlab olinadi va “Umra” tadbirini tashkil etish uchun hamkorlik shartnomasi tuziladi.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil aprel, mas'ullar - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid