Sport | 12:09 / 08.03.2019
4999
1 daqiqa o‘qiladi

Fellayni Belgiya terma jamoasini tark etdi

Foto: Getty Images

Xitoyning «Shandun Lunen» klubi yarimhimoyachisi Maruan Fellayni Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

«12 yillik faoliyatdan so‘ng, Belgiya terma jamoasini tark etishga qaror qildim. Bu men uchun oson bo‘lmadi, ammo keyingi avlod uchun o‘z o‘rnimni bo‘shatib berish vaqti kelganini anglamoqdaman. 

Men 2007 yilda debyut qilib, 87ta o‘yinda vatanim sharafini himoya qildim. Hozirgi kunda Belgiya FIFA reytingida 1-o‘rinda borayapti, bundan juda xursandman. 

Barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoadoshlarimga esa muvaffaqiyat tilayman», — deb yozdi Fellayni.

31 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasi safida JCh-2018 bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid