Sport | 16:11 / 08.03.2019
20140
2 daqiqa o‘qiladi

Islom To‘xtaxo‘jayevning goli OChLda haftaning eng chiroyli goli bo‘ldi

OFK saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turining eng chiroyli goli aniqlandi. Unga ko‘ra, «Lokomotiv» sardori Islom To‘xtaxo‘jayevning «Al Vahda» darvozasiga urgan goli haftaning eng chiroyli goli deb topildi.

Islom «Al Vahda»ga qarshi o‘yinning 90+3-daqiqasida jarima zarbasidan chiroyli gol urgandi. Ovoz berish jarayonida «Lokomotiv» himoyachisining goli Gonsalo Viyeyra, Serjino va Chezinyalarning gollarini ortda qoldirdi.

So‘rovnomada umumiy 2 262 kishi qatnashgan va ulardan 1 441tasi, ya'ni 64 foizi To‘xtaxo‘jayevning goliga ovoz bergan.

 

Mavzuga oid