Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela inqirozi. Guaydo vahima haqida ma'lum qildi, Pompeo Maduroni aybladi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning ma'lum qilishicha, mamlakatda hozirda kuzatilayotgan elektr energiyasining o‘chirib qo‘yilishi o‘z davomiyligi bo‘yicha rekord sanaladi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karakasda taxminan olti soat davomida chiroq bo‘lmagan, umumiy hisobda esa mamlakatning 22 shtati yirik avariya bilan qamrab olindi.
«Chalkashlik, vahima va g‘azab», - deya poytaxtdagi holatga izoh bergan Guaydo.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, bu vaziyat mamlakat prezidenti bo‘lgan «uzurpator Nikolas Maduroning samarasizligi» oqibatidir. Guaydo so‘zlariga ko‘ra, «mamlakat va elektr energiyani qayta tiklash» faqat Maduro rejimini «ag‘darish» usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning bildirishicha, Venesuelada elektr energiyasidagi uzilishlar uchun respublika prezidenti Nikolas Maduro ma'muriyati aybdor.
«Elektr energiyaning yetishmovchiligi va ocharchilik Maduro rejimining o‘z ishini bilmasligi natijasi hisoblanadi», - dedi Pompeo.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh respublikadagi elektr energiyasi uzilishlariga aloqador emas.
O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining ma'lum qilishicha, Pekin boshqa davlatlarni Venesuela ishlariga aralashmaslikka chaqiradi.
«Tashqi aralashuvlar va sanksiyalar faqat vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin, yana jungli qonuni amal qilishni boshlashiga olib keladi», - dedi Van I.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki masalalar Venesuela xalqi tomonidan hal qilinishi kerak.
Shuningdek, u har bir mamlakat suvereniteti va mustaqilligi muhim ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Amerika imperializmi Venesuelaga energetik urush e'lon qilgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025