Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv boshlandi
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatish marosimlari boshlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra. Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali kuzatuvda davlat va jamoatchilik tashkiloti vakillari, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, faxriylar, yoshlar va milliy armiyamiz safiga yo‘l olgan yigitlarning ota-onalari ishtirok etdi.
– Esimda, aka-ukalarimiz olis-olis yurtlarga yigitlik burchini o‘tash uchun yuborilar edi. Ular qaytib kelgunlaricha yuragimiz bezillab kutardik. Qanday sharoitda va qanaqa muhitda xizmat qilishi bizga qorong‘u edi. Bugun esa nafaqat farzandlarimiz, balki biz ota-onalar ham milliy armiyamiz haqida yetarlicha tasavvurga egamiz. Ko‘nglimiz to‘q, xavotirdan xolimiz. Bularning bari armiya va xalqimiz o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam aloqa va iliq munosabatning sharofati, – deydi chaqiriluvchi Xurshid Ismatillayevning onasi Nargiza Usmonova.
Kuzatuv marosimida so‘zga chiqqan jamoatchilik vakillari, ota-onalar yigitlik burchini o‘tashga otlangan o‘g‘lonlarga sharafli burchiga sodiqlik, chidam, sabr-bardosh va harbiy xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar yo‘ldosh bo‘lishini tiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
17:52 / 19.04.2025
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
18:26 / 26.03.2025