Light | 19:24 / 09.03.2019
22795
2 daqiqa o‘qiladi

Arralangan daraxtlardan nima yasash mumkin: ajoyib g‘oyalar

Agar eko uslub va betakrorlikni yoqtirsangiz, bu to‘plam sizga ma'qul bo‘lishi tayin. Unda arralangan daraxt bo‘laklaridan nima yasash haqida hikoya qilinadi.

Devorlarni bezash

Xilma-xillikni yoqtirsangiz, ushbu usulni e'tiborga oling. Arralangan daraxt bo‘laklari bilan devorlarni bezash mumkin. Agar uyingiz katta bo‘lsa, hajm va shakl borasida tajribalar o‘tkazish imkoniyatingiz mavjud.

Agar maydon u qadar katta bo‘lmasa, yorug‘lik yaxshi tushadigan xonadagi och rangli devorni tanlang. Yog‘och bezakli devor istalgan xonada yaxshi ko‘rinadi.

Yog‘ochdan ishlangan pol va yo‘lak

Bunday g‘oya betakrorlikni qadrlaydiganlar uchun mos keladi. Bu kabi dizayn nafaqat shahardagi, balki shahar chekkasidagi uyda ham chiroyli ko‘rinadi.

Javonlar

Bu juda betakror yechim. Bu kabi javonlar atrofga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Ularni yo‘lak, oshxonaga ilish mumkin.

Mebel

Yog‘och bo‘laklaridan tayyorlangan mebel intererga betakrorlik baxsh etadi. Yog‘och buyumlar nafaqat mehmonxona, balki kichik o‘lchamdagi oshxonalarni ham bezaydi. Bu g‘oyani dala hovlida ham amalga oshirish mumkin.

Bezak elementlari

Yog‘ochdan ishlangan bezaklar xonadoningizga shinamlik beradi. Quyidagi suratlarga qarang, ular sizni shaxsiy san'at asarlarini yaratishga undasa ajabmas.

Mavzuga oid