Hindistonda Pokistonga qarashli uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirildi
Hindiston xavfsizlik kuchlari Rajaston shtatida mamlakat havo sarhadiga kirib kelgan Pokistonga qarashli uchuvchisiz uchar qurilmani urib tushirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Hindustan Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning ma'lumot berishicha, hodisa Ganganagar okrugida sodir bo‘lgan. Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, bu Pokiston tomonidan uchinchi bor uchuvchisiz uchar qurilma jo‘natilishidir. Avvalroq Hindiston OAV 26 fevral va 4 mart kunlari harbiylar Pokiston dronlarini urib tushirganini xabar qilgandi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik 14 fevralda Jammu va Kashmirda hind harbiylariga hujum qilinganidan so‘ng kuchayib ketdi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Jaishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
13:18 / 19.11.2024