Hindistonda Kashmirdagi terakt tashkilotchilaridan biri yo‘q qilindi
Hindiston politsiyasi Jammu va Kashmir shtatida hind harbiylariga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan birini yo‘q qildi, deb xabar berdi ANI agentligi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Mudasir Ahmad Xon ismli jangari Jammu va Kashmir shtatidagi Tral tumanidagi to‘qnashuvda o‘ldirilgan.
"Tergovning aniqlashicha, Mudasir Pulvamdagi teraktning asosiy tashkilotchilaridan biri bo‘lgan", - deyiladi politsiya bayonotida.
Politsiyaning bildirishicha, to‘qnashuv davomida "Jaishi Muhammad" guruhining ikki nafar a'zosi yo‘q qilingan. Ular qator terrorchilik harakatlariga aloqadorlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Jammu va Kashmir shtatida hind harbiylariga qilingan hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘lgandi.
Hujum uchun javobgarlikni "Jaishi Muhammad" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
19:27
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
20:33 / 07.11.2024