Jahon | 14:41 / 11.03.2019
12289
1 daqiqa o‘qiladi
Kim Chen Nam ishi. Gumonlanuvchi oqlandi
Malayziyadagi sud KXDR yetakchisi Kim Chen In akasi Kim Chen Namning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan gumonlanuvchi hisoblangan Indoneziya fuqarosi Siti Aisyadan ayblovlarni olib tashladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Siti Aisya sud zalida ozodlikka chiqarilgan.
Qayd etilishicha, u sud binosini avtomobilda tark etib, Indoneziyaning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tomon yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sentabr oyi boshida Kim Chen In akasining o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan ikki ayol yo‘qolib qolgandi.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
19:37 / 18.11.2024
Kim Chen In KXDR harbiylariga murojaat yo‘lladi
19:12 / 15.11.2024