Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbekistonlik ikki migrant politsiyachilar tomonidan kaltaklandi
Moskvada Rossiya IIVning Severnoye Butovo tumani bo‘yicha bo‘limi politsiyachilariga nisbatan tekshiruv boshlandi, ular hujjatlarni tekshirish vaqtida ko‘chada o‘zbekistonlik ikki migrantni kaltaklashgan.
Rossiya OAV xabarlariga ko‘ra, 9 mart kuni 28 yoshli Avazbek Sulaymonov va 23 yoshli Sunnatbek Nazirov hech qanday sabablarsiz politsiya tomonidan ushlangan.
Politsiya ular «migratsion rejimni buzganlikda» gumon qilinayotgani haqida ma'lumot berdi. Biroq, migrantlar politsiyaga hujjatlar taqdim etishdan bosh tortib, bu bilan politsiya emas, balki migratsiya xizmati shug‘ullanishi kerakligini bildirishgan.
Shundan so‘ng, migrantlar qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketildi va u yerda kaltaklandi.
Faqatgina huquq himoyachilari bu ishga aralashganidan keyin, politsiya o‘sha kuni soat 17:21da migrantlarni ozodlikka chiqarib yuborishga majbur bo‘lgan.
Bundan oldin, Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik bo‘yicha shifoxona 93 ming dollar miqdorida hisob chiqargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:19 / 09.05.2025