Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Lokomotiv» «Ar-Rayyan» maydonida mag‘lubiyatga uchradi
«Lokomotiv» Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turini safarda Qatarning «Ar-Rayyan» klubiga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Lokomotiv» mavsumning dastlabki ikki o‘yinidagi kabi bu safar ham tezkor gol urishning uddasidan chiqdi. Jamoaning ilk hujumiyoq gol bilan yakun topdi: 4-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqovdan to‘pni qabul qilib olgan Diyor Turopov darvozabon maydonchasi markazidan to‘pni darvozaga joyladi. Goldan so‘ng ustunlik mehmonlar tarafiga o‘tgan bo‘lsa-da, bo‘lim o‘rtalariga kelib «Ar-Rayyan» ham xavfli hujumlar uyushtira boshladi. Vaziyatlar yaratish bo‘yicha tenglik kuzatildi, har ikki jamoada ham yetarlicha standart vaziyatlar bo‘ldi. «Loko»dan Oleg Zoteyev, mezbonlardan Xelmin Rivasning ikkitadan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 38-daqiqada himoyachilar va darvozabonning xatosidan keyin braziliyalik Lukka hisobni tenglashtirdi va birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Turopovning ketma-ket ikki zarbasi, G‘ofurovning qulay vaziyatga chiqib borishi bilan «Lokomotiv» ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira boshlagandi, ammo 62-daqiqada belgilangan jarima zarbasidan keyin «Ar-Rayyan» hujumchisi Xelmin Rivas jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng o‘yin asosan maydonning mezbonlar tarafida davom etdi, ammo «Loko» hisobni tenglashtirishga erisha olmadi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda BAAning «Al-Vahda» klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasini yirik 4:1 hisobida yengdi. Natijada 2-turdan keyin «B» kvartetidagi barcha jamoalar hisobida 3 ochko bor.
OChL, «B» guruhi, 2-tur
11 mart. Doha, «Jassim bin Hamad» stadion
Ar-Rayyan (Qatar) – Lokomotiv (O‘zbekiston) – 2:1 (1:1)
Gollar: Turopov (4) – Lukka (38), Rivas (62)
Al-Vahda (BAA) – Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni) – 4:1 (1:0)
Gollar: Al-Minhaliy (16), Leonardo (52, 90+1), Matar (80) – Ash-Shamraniy (56)
3-tur, 9 aprel
Al-Ittihod – Lokomotiv
Ar-Rayyan – Al-Vahda
Mavzuga oid
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024