Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti sudyalarga hadis aytib berdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 11 mart kuni sudyalar qurultoyida sudyalarga hadis aytib berdi. Bu haqda Akipress xabar qilmoqda.
«Eng muhimi, qonunlar va Yaratgandan qo‘rqish kerak. Kecha nutqimni tayyorlaganimda, men bir hadisni yodga oldim. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: imtihon uch xil bo‘ladi. Ikkitasi do‘zaxda, biri jannatda. Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, unda uning joyi jannatda bo‘ladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa do‘zax kutadi», - degan prezident. Shundan keyin u yana bir marotaba hadisni takrorlagan.
«Shu haqda unutmang. Hamma Yaratgan oldida javob beradi», - dedi prezident.
Bundan oldin, Jeenbekov Qirg‘iziston butun dunyoga sharmanda bo‘lgani haqida aytib, transport vazirini ishdan chetlatgandi.
Mavzuga oid
08:26 / 26.04.2025
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
13:13 / 18.02.2025
AQShda sudya do‘kon o‘g‘rilarini mashina yuvdirish bilan jazolashni taklif qildi
11:05 / 10.11.2024