Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Terma jamoadan taklif oldim, lekin...»
«Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan. Bu haqda u OChL doirasidagi «Ar-Rayyan»ga qarshi safardagi o‘yin oldidan Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
27 yoshli hujumchi «Loko»ning mavsumdagi dastlabki ikki o‘yinida ikkita gol muallifi bo‘ldi: u OKMKga qarshi O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan o‘yin (2:1) va OChL guruh bosqichining 1-turida BAAning «Al-Vahda» klubi bilan (2:0) uchrashuvlarda tezkor gol urib, hisobni ochdi – har ikkala safar ham boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi. Ammo, Temurxo‘janing aytishicha, u MTJga bu ikki o‘yindan oldinroq chaqiruv olgan.
«Terma jamoaga chaqirilganman, lekin klub mavsumdagi dastlabki ikkita o‘yindan avval xat olgan. Kuper meni bu o‘yinlardagi gollarimdan keyin chaqirmagan. Superkubok o‘yinidan 2-3 kun oldin klubga xat kelgan edi: quyidagi futbolchilar terma jamoaga chaqiriladi, tayyorlaninglar, pasport, hujjatlar va hokazo.
Balki shu chaqiruvdan ruhlanib, gol urgandirman? Yo‘q, terma jamoa to‘g‘risida umuman o‘ylamadim. Chunki har doimgiday bir-ikki marta o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilaman. Eng asosiy payt kelganda har doim men chetda qolaman. Shuning uchun bundan u qadar ruhlanib ham ketmadim, e'tibor ham bermadim. O‘zimni ishimni qilishda davom etishga harakat qilaman», – dedi Abduxoliqov.

O‘zbekiston termasi 21-25 mart kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan «China Cup» musobaqasida ishtirok etadi. Ektor Kuper qo‘l ostidagi jamoa 22 mart kuni turnir yarim finalida Urugvay milliy termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Undan bir kun oldin turnirdagi birinchi juftlik – Xitoy va Tailand termalari dastlabki finalchini aniqlab olishadi. Uchinchi o‘rin uchun o‘yin va final uchrashuvlari 25 martga belgilangan.
Argentinalik murabbiy hozircha Xitoydagi turnir uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qilganicha yo‘q.
Ma'lumot uchun, Temurxo‘ja Abduxoliqov terma jamoa boshqaruviga Ektor Kuper kelganidan keyingi birinchi yig‘inga chaqirilgan va 2018 yil sentyabridagi Suriya (zaxiradan) va Eronga (boshlang‘ich tarkibda) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan edi. U MTJning shundan keyingi yig‘inlariga jalb etilmadi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024