Jahon | 08:01 / 11.03.2019
7503
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela energotizimi armiya tomonidan qo‘riqlanadi

Vladimir Padrino Lopes/Foto: TASS

Venesuela armiyasi mamlakat energiya ta'minoti tizimining strategik obektlarini o‘z nazoratiga oldi, elektr uzatish liniyalari ortidan havodan kuzatuv olib borilmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes televideniye orqali ma'lum qildi. 

“Biz milliy energotizimni barqarorlashtirish va har qanday hujumni bartaraf etish istagimizda qat'iymiz”, deb aytgan Lopes.

7 mart kechki vaqt Karakas va Venesuelaning ko‘plab shtatlari elektr ta'minotisiz qolgan. Elektr energiya mamlakatning deyarli butun hududida bo‘lmagan. Poytaxt aholisining aytishicha, bu ular xotirasida shaharda elektr energiyasining eng uzoq o‘chirilishidir.

Milliy elektr kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, elektr ta'minoti uzilishiga mamlakatdagi eng yirik GESda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan. Maduro bunda “Amerika imperializmini” ayblagan.

8 mart oqshomda elektr ta'minoti bilan vaziyat yaxshilana boshlagan, biroq 9 mart kuni Syudad-Bolivar shahri chekkasida joylashgan elektr podstansiyada portlash yuz bergani haqidagi xabarlardan keyin yana yomonlashgan. Mamlakat rahbariyati elektr ta'minoti yo‘qligi sababli 11 martni dam olish kuni deb e'lon qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid