Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda katta xalqaro musobaqaga start berildi
Bugun poytaxtimizda O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A'zamov xotirasiga bag‘ishlangan "Tashkent Open XIIl" xalqaro turniri boshlandi.

Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Musobaqa bosh hakami Gretsiyalik Panagiotis Nikolopolus o‘z so‘zida, yurtimiz shaxmatchilarining so‘nggi yillardagi yutuqlari va ushbu musobaqaning nufuzi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tushdan so‘ng musobaqaga rasmiy start berildi.Bu yilgi turnirda AQSh, Ukraina, Armaniston, Eron, Belorussiya, Rossiya va boshqa davlatlardan, ja'mi 14 davlatning 200 ga yaqin shaxmatchilari dona surishadi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi- 20 000 AQSh dollaridan iborat. Reyting darajasi 1800dan yuqori shaxmat ustalari "A" guruhida, reytingi 1800 gacha bo‘lgan ishtirokchilar "B" guruhida kuch sinashadilar.


Ushbu turnirda qatnashayotgan shaxmatchi yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.Oxirgi tur bahslari 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Turnirning A guruhi eng yosh ishtirokchisi hamyurtimiz 9 yoshli Humoyun Bekmurodovdir. U uch karra jahon chempioni, FIDE ustaligiga nomzod hisoblanadi.

Hamza Umarov tayyorladi
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025