Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston - BAA hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2019 yilning 12 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun BAA Iqtisodiyot vaziri, komissiyaning Amirliklar tomonidan hamraisi Sulton al-Mansuriy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keldi.
Yig‘ilish kun tartibiga binoan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari, jumladan ikki tomonlama savdo hajmini oshirish bo‘yicha takliflar, qishloq xo‘jaligi, turizm, kichik va o‘rta biznes, moliya, fuqaro aviatsiyasi, sanoat va madaniyat sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025