O‘zbekiston | 15:00 / 13.03.2019
4871
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish ko‘rsatkichlari kengaytirildi

Foto: Shutterstock

Unga Jahon bankining Voice and Accountability Index (Ovoz va mas'uliyat indeksi) hamda Control of Corruption (Korrupsiyaga qarshi kurashish) davlat boshqaruvi indikatorlari kiritildi. Prezidentning 7.03.2019 yildagi PF–5687-son farmonida tegishli tuzatishlar nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.  
 
Avvalboshdan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarida ushbu pozitsiyalar mavjud emas edi. Endi mamlakat 83 ta xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashni o‘zining ustuvor vazifasi etib belgiladi.
 
Ovoz va mas'uliyat indeksidagi bahoni 2,46 balldan (2015 y.) 2030 yilda 76 ballgacha ko‘tarish mo‘ljallangan. Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va Savdo-sanoat palatasi ushbu yo‘nalishdagi ishlar uchun mas'ul etib belgilandi.
 
«Korrupsiyaga qarshi kurashish» pozitsiyasidagi O‘zbekistonning bahosi 2030 yilga kelib 77 gacha yaxshilanishi kerak (2015 yilda – 8,65). Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, DXX va IIV ushbu natijalarga erishish uchun mas'uldir.
 
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mamlakatning Davlat siyosati va institutsional baholash indeksidagi o‘rnini yaxshilash ustida ishlaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi hamda Global raqobatbardoshlik indeksi uchun javobgarlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasidan Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi esa «Doing business» hisoboti liniyasi bo‘yicha vakolatli organ (ilgari – LBMA) etib tayinlandi.
 
Hujjat 8.03.2019 yildan kuchga kirdi.

Bundan oldin, Moliya vazirligida yangi lavozim va boshqarma tashkil etilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid