Toshkentda kuchli yer silkinishi kuzatildi
14 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 02:33da O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Yevropa va O‘rtayer seysmostansiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Qozog‘iston hududida, Toshkent shahridan 29 km sharqda va 30 km chuqurlikda joylashgan, zilzila kuchi 4,7 ballni tashkil etgan.
O‘zbekiston FVV xabar berishicha, Toshkent shahrida zilzila kuchi 4 ballga, Guliston va Jizzaxda 2 ballga teng bo‘ldi.
O‘zbekistonning boshqa shaharlarida seysmik faollik kuzatilmagan. Vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida ham O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
23:29 / 15.08.2024