Zilzila chog‘ida Toshkent aeroportiga ikkita samolyotning qo‘nishi kechiktirildi
13 martdan 14 martga o‘tar kechasi soat 02:33 da Toshkentda to‘satdan, kuchli va tez ro‘y bergan 4 ballik zilzila chog‘ida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ikkita samolyot qo‘nishga kelayotgan edi.
Ularning birinchisi — FZ1941 reys bilan Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan “Fly Dubai” aviakompaniyasining Boeing 737-8KN samolyoti bo‘lsa, ikkinchisi “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasining HY514 reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti edi.
“Novosti tashkenskogo neba” aviaspotterlar kanalining yozishicha, Toshkent xalqaro aeroportining Havo harakatlarini boshqarish dispetcherlari tomonidan har ikki samolyot zilziladan so‘ng kutish zonasiga aylanib turish uchun yo‘naltirilgan. Bu chora Toshkent xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga kuchli zilzila natijasida samolyotlarning xavfsiz qo‘nish imkoniga to‘sqinlik qiluvchi talafot yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qo‘llanilgan.
Toshkent yaqinidagi osmonda bir necha daqiqa charx urib turgach, har ikki havo kemasi eson-omon Toshkent aeroportiga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Efiopiyada yuz bergan aviahalokatdan so‘ng jahonning ko‘plab aviakompaniyalari Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtincha cheklashdi. Jumladan, O‘zbekistonga xuddi shu tipdagi samolyotlarda 11 mart kuni qatnovlarni boshlagan BAA loukosteri “Fly Dubay” ham mazkur samolyotlardan foydalanishni vaqtincha chekladi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
15:52 / 09.09.2024