Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishadi?
Navro‘z bayrami munosabati bilan bu yil haftasiga 5 kun ishlovchi o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Prezidentning 2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.
Quyida bayram arafasidagi dam olish kunlari haqidagi ma'lumot keltiriladi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23 mart – shanba;
24 mart – yakshanba.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24 mart – yakshanba.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.

Mavzuga oid
12:33 / 22.03.2025
Diplomatlar o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi
17:58 / 21.03.2025
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
10:33 / 21.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
23:41 / 20.03.2025