Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistik vaucher namunaviy shakli taqdim etildi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turistik yo‘llanma (vaucher) namunaviy shakli loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, turistik yo‘llanma (vaucher) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat («Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi).
U shu jumladan quyidagi ko‘rinishdagi imtiyozlarni qo‘llash nuqtai nazaridan muhim:
Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq, turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qilish oborotini QQSdan ozod etish;
• 7.02.2018 yildagi PQ–3514-son qarorning 8-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O‘zbekiston bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan sub'yektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytirish.
Taqdim etilgan namunada turistik faoliyat sub'yekti to‘g‘risidagi ma'lumotlar (nomi, litsenziyasi, rekvizitlari), agent (ma'lumotlar va telefon raqami), turist yoki turistlar guruhi (ismi va mamlakati, kelish/ketish sanalari va O‘zbekistonda bo‘lish muddati), shuningdek kiritilgan xizmatlar ro‘yxati (yashash, ovqatlanish, transport, ekskursiya va boshqa xizmatlar) bo‘ladi. Vaucherda berilgan sanasi va imzo, shuningdek uning ajralmas qismi bo‘lgan shartnomaga (turistik xizmatlar ko‘rsatish) havola bo‘lishi kerak.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
15:29 / 27.05.2025
1 iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025