Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Xitoy armiyasi bilan hamkorlik qilishi haqidagi ayblovni rad etdi
Google Xitoy harbiylariga yordam berishi haqidagi AQSh prezidenti Donald Trampning ayblovini rad etdi. Bu haqda Wall Street Journal muxbiri korporatsiya matbuot kotibiga tayanib xabar berdi.
«Biz xitoylik harbiylar bilan ishlamaymiz. Biz AQSh hukumati, xususan, mudofaa vazirligi bilan kiberxavfsizlik, rekruting va sog‘liqni saqlash sohalari bo‘yicha ishlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Google kompaniyasini Xitoy harbiylariga yordam berishda ayblagandi.
“Google AQShga emas, Xitoy va ularning harbiylariga yordam bermoqda. Yaxshi yangilik shundaki, ular Trampga emas, qallob Xillari Klintonga yordam berishgan. Xo‘sh, bularning barchasi nima bilan yakunlandi?”, deb yozgandi Tramp tvitterda.
14 mart kuni Pentagonda Google’ning Xitoy bilan hamkorlik qilishi bo‘yicha xavotir bildirilgan. AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Jozef Danford kongressdagi nutqida “Google Xitoyda olib borayotgan ishlar xitoylik harbiylarga foyda keltirayotganini” aytgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025