Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Google’ni xitoylik harbiylarga yordam berishda aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Google kompaniyasini Xitoy harbiylariga yordam berishda aybladi.
“Google AQShga emas, Xitoy va ularning harbiylariga yordam bermoqda. Yaxshi yangilik shundaki, ular Trampga emas, qallob Xillari Klintonga yordam berishgan. Xo‘sh, bularning barchasi nima bilan yakunlandi?”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Tramp shu tariqa Klintonning 2016 yilgi prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatiga ishora qilgan.
14 mart kuni Pentagonda Google’ning Xitoy bilan hamkorlik qilishi bo‘yicha xavotir bildirilgan. AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Jozef Danford kongressdagi nutqida “Google Xitoyda olib borayotgan ishlar xitoylik harbiylarga foyda keltirayotganini” aytgan. O‘z navbatida mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shenaxan Xitoy AQSh kompaniyalaridan texnologiyalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishi, Google esa AQSh mudofaa vazirligi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “yetarlicha istak” bildirmayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025