O‘zbekiston | 16:06 / 18.03.2019
52223
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston hududida shu hafta kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, bugun respublika hududlarining ko‘p qismiga janubdan issiq havoning jadal kirib kelishi kutilmoqda. Harorat 25-27 daraja iliq, janubda 28-29 daraja iliq bo‘ladi. Faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, shu hududlarda harorat 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

19 martdan 22 martgacha Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalarining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga ta'sir etadi, bu ob-havoni doimiy o‘zgaruvchan bo‘lib turishiga maqbul bo‘ladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 

23 martda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

Mavzuga oid