Suriya g‘arb davlatlaridan tovon puli talab qildi
Suriya tashqi ishlar vazirligi g‘arb davlatlaridan mamlakatga AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aralashuvi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashni talab qildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Suriya urushdan keyingi mamlakatni tiklashda g‘arb davlatlari yordamiga muhtoj bo‘lmasa-da, koalitsiyadan “yetkazilgan vayrongarchiliklar va qabih jinoyatlar” uchun tovon puli talab qilishga haqlidir.
Vazirlikda koalitsiyaning xatti-harakatlari tinch aholining o‘limiga va yirik vayrongarchiliklarga olib kelgani, bu esa G‘arb davlatlari uchun sharmandalik dog‘i hisoblanishi qo‘shimcha qilingan.
Avvalroq AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Suriyani tiklashda yordam berishdan bosh tortgani ma'lum qilingandi.