Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada yo‘qolib qolgan migrant timsohning oshqozonidan topildi
Malayziyada rasmiylar migrantni nobud qilgan odamxo‘r timsohni topish va tutishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda Kemifilani axborot portali xabar bermoqda.
Politsiya 10 martdan buyon izsiz g‘oyib bo‘lgan indoneziyalik ishchi Yosep Tesuni qidirish ishlarini olib borgandi. Hamkasbi Tesu tushlikdan keyingi dam olish uchun daryo qirg‘og‘iga borib, qaytib kelmaganidan keyin u yo‘qolgani haqida ma'lum qildi. Qidiruv amaliyotida politsiyachilar, atrofdagi qishloqlar aholisi, o‘t o‘chiruvchilar, o‘rmonchilar va yo‘qolgan shaxsning hamkasblari qatnashdi.
Bir necha kun davom etgan samarasiz qidiruvlardan so‘ng, politsiya yordam so‘rab shomonga murojaat qildi. U oxirgi marta Tesuni ko‘rishgan joydan besh kilometr narida, daryo bo‘yida timsohga tuzoq qo‘ydi.
Sudralib yuruvchi 17 mart kuni tutilgan. Politsiya timsohni o‘ldirib, uni yorib ko‘rdi va oshqozonida maydalab tashlangan inson suyaklari hamda yirtiq kiyimlarni topdi. Taxminlarga ko‘ra, bu qoldiqlar Tesuga tegishli. Shundan keyin rasmiylar qidiruvni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025