Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti poytaxt nomini Nursulton deb o‘zgartirishni ma'qulladi
Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikkinchi, yakuniy o‘qishda poytaxtni Nazarboyev sharafiga Nursulton deb nomlash to‘g‘risidagi Konstitutsiyaga tuzatishlarni qabul qilishdi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi spikeri Nurlan Nigmatulin ushbu qarorni tarixiy, deb atagan.
Bundan oldin, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qilgandi.
Bundan tashqari, Toqayev Nazarboyevni davlatda mavjud bo‘lgan barcha yuksak unvonlar bilan taqdirlashni taklif qildi.
Shuningdek, Tokayevning fikricha, Nazarboyevga «faxriy senator» maqomini berish, Qozog‘iston birinchi prezidentining barcha suratlari esa davlat idoralarida majburiy tarzda osib qo‘yilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston senatining yangi raisi etib saylangandi.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025