Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdan Yangi Zelandiyadagi teraktlarni ma'qullagan erkak deportatsiya qilindi
Dubayda joylashgan Transguard Group kompaniyasi xodimi Yangi Zelandiyada 50 kishining umrini olib ketgan teraktlarni ma'qullagani uchun kompaniyadan bo‘shatildi va BAAdan deportatsiya qilindi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.
“Kompaniya xodimi Yangi Zelandiyadagi teraktlarni ma'qullab, Facebook’dagi sahifasida gijgijlovchi izoh qoldirgan. Kompaniyamizda ijtimoiy tarmoqlarning tegishlicha ishlatilmasligiga mutlaq sabr-toqatsizlik siyosati amal qiladi, shu sababli xodim darhol bo‘shatildi va tegishli idoralarga topshirildi”, deyilgan kompaniyada.
Izohlar muallifi sudda qilmishi uchun javob berib, internetdagi jinoyatlar haqidagi qonunga ko‘ra mamlakatdan deportatsiya qilingan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025