Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududlarda yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
podpolkovnik Kamoliddin Baxriddinovich Umarov - Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi direktori lavozimiga;
mayor Shuhrat Rasuljonovich Abdullayev - Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
polkovnik Murodilla Saydullayevich Alikariyev - Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
mayor Ismoil Isoqulovich Amanov - Jizzax viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Avazbek Ergashevich Xo‘jaxonov - Namangan viloyati IIB Namangan shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
polkovnik Muhammadjon Ibragimovich Dadajanov - Namangan viloyati IIB Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
mayor Umarjon Hasanboyevich Abduvaliyev - Namangan viloyati IIB Norin tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
mayor Otabek Rustamovich Muhammadiyev - Samarqand viloyati IIB Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
mayor Bahodir Botirovich Ibragimov - Samarqand viloyati IIB Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025