Sport | 20:39 / 21.03.2019
12414
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi

Foto: Juventus F.C

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (3:0) qarshi o‘yindagi noloyiq qilig‘i uchun jazolanmaydigan bo‘ldi.

34 yoshli futbolchi uchinchi golni urganidan so‘ng, muxlislarga qarata uyatsiz ishorani qilgan edi. Avvalroq, madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone xuddi shu xatti-harakati uchun UYeFA tomonidan 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi.

UYeFA intizom qo‘mitasi Ronalduni diskvalifikatsiya qilmadi va xuddi Simeone kabi 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Natijada, futbolchi Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Ayaks»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish huquqini saqlab qoldi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid