Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq nashri IShID yetakchisi o‘z qiyofasini o‘zgartirganini ma'lum qildi
IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Bu haqda Iroqning Al-Araby al-Jadeed nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, al-Bag‘dodiy soqolini kaltalatib, uni qizg‘ish rangga bo‘yab olgan. Bundan tashqari, u oxirgi yillarda kam harakatli turmush tarzi sababli ortiqcha vazn to‘plagan. Ma'lum qilinishicha, IShID yetakchisi asosan oddiy avtomobillar yoki taksida harakatlanadi, uning tansoqchilari esa IShID uniformasida emas, balki afg‘on kiyimida yurishadi.
Ta'kidlanishicha, al-Bag‘dodiy hozirda Suriyada bo‘lib, bir necha bor Iroqqa qochishga harakat qilgan. Biroq u AQSh boshchiligidagi koalitsiya va chegaradagi Iroq lashkarlari xatti-harakatlari sababli buning uddasidan chiqa olmagan.
Iroq razvedkasi fevral oxirida al-Bag‘dodiy Frot daryosi vodiysidagi terrorchilar nazoratida qolayotgan hududda ekanligini ma'lum qilgan.
Oxirgi yillarda IShID yetakchisi yo‘q qilingani, og‘ir yaralangani yoki asirga olingani haqida bir necha bor ma'lum qilingan. Biroq bu xabarlarning birortasi o‘z tasdig‘ini topmagan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024