Sport | 18:53 / 22.03.2019
21396
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston OTJ ilk rasmiy o‘yinida Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Lyubinko Drulovich murabbiyligidagi ilk rasmiy o‘yinida Hindiston olimpiyachilarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

O‘yin boshida hindistonliklarda hisobni ochish uchun o‘ta qulay vaziyatlar yuzaga keldi, mezbonlar ham ba'zi imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Tablodagi hisob 45-daqiqaga qadar o‘zgarmay qoldi: bo‘lim oxirida O‘zbekiston jamoasi sardori Islom Qobilov penaltidan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda Drulovich amalga oshirgan ikkita o‘yinchi almashtirish o‘yinda burilish yasadi. Bobur Abduxoliqov va Jasurbek Yaxshiboyevlar zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni sezilarli tarzda kuchaytira olishdi. Bu tez orada hisobda ham aks etdi - Bobur Abduxoliqov yetti daqiqa ichida ikkita gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, Lyubinko Drulovich o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ta'kidlaganidek, yirik hisobda g‘alabaga erishishning uddasidan chiqdi.

Osiyo chempionati U-23 saralashi
Toshkent. «Paxtakor» stadioni
O‘zbekiston – Hindiston – 3:0 (1:0)
Gollar
: Qobilov (45, pen.), Abduxoliqov (78, 85)
O‘zbekiston: 1. Umidjon Ergashev, 2. Islom Qobilov (S), 5. Dilshod Saidov, 6. Nurillo To‘xtasinov (23. Oybek Bozorov, 80), 7. Oston O‘runov, 8. Islom Kenjaboyev, 11. Mirjahon Mirahmadov (9. Jasurbek Yaxshiboyev, 64), 15. Oybek Rustamov, 16. Aziz Omonov (10. Bobur Abduxoliqov, 52), 19. Ilhom Alijonov, 20. Husniddin G‘ofurov.

24 mart. Tojikiston - Hindiston
26 mart. O‘zbekiston – Tojikiston

Mavzuga oid