Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sulsher 3 nafar futbolchining transferini so‘radi
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher rahbariyatga murojaat qilib, yozda 3 nafar futbolchining transferini so‘ragan.
Evening Standard xabariga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis jamoasi tarkibida «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali, «Sporting» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh va «Borussiya» D hujumchisi Jyeydon Sanchoni ko‘rishni istayapti.
Sulsher o‘z istagini «Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvordga yetkazgan.
Hozircha Sulsherning «Manchester Yunayted» bilan imzolagan shartnomasi uzaytirilmadi. U mavsum yakuniga qadar amal qiladi.