Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tarixda birinchi marta hukumat kiritgan sanksiyalarni bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni AQSh moliya vazirligining Shimoliy Koreyaga qarshi kiritgan yangi sanksiyalarini bekor qildi. “Bugun AQSh moliya vazirligi katta ko‘lamli sanksiyalar Shimoliy Koreyaga qarshi kiritilgan mavjud sanksiyalarga qo‘shilishini e'lon qilgan. Men shu bugunoq ushbu yangi sanksiyalarni ortga qaytarishni topshirdim”, deb ma'lum qilgan Tramp tvitterda.
Avvalroq 21 mart kuni AQSh Shimoliy Koreyaga yordam bergan Xitoyning ikkita kemachilik kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgandi.
Trampning matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidentining kutilmagan qaroriga izoh berib, Trampga “rais Kim [Kim Chen In] yoqishi va u bu sanksiyalarni zarur deb hisoblamasligini” aytgan.
“Shunisi aniqki, tarixda birinchi marta AQSh prezidenti uning ma'muriyati kiritgan sanksiyalarni bir tomonlama bekor qildi”, deb yozgan tvitterda sanksiyalar bo‘yicha mutaxassis Dug Jyeykobson.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025