Jahon | 11:20 / 24.03.2019
17801
2 daqiqa o‘qiladi

Malida 134 kishi o‘ldirib ketildi

Foto: AFP

Malida fulani elatiga mansub 134 kishi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, donzo elatiga xos kiyimlarda bo‘lgan jinoyatchilar 23 martga o‘tar kechasi Ogassagu va Velingara qishloqlaridagi dehqonlarga hujum qilgan. Ogassagu qishlog‘i to‘liq yo‘q qilingan, qurbonlar orasida bolalar, chollar va ayollar bor.    

Taxminlardan biriga ko‘ra, hujum Mali armiyasining 23 askari o‘limiga o‘ch olish bo‘lgan. Askarlar mahalliy radikal guruh tomonidan uyushtirilgan pistirmaga tushib halok bo‘lgan.  

Shuningdek, elatlararo to‘qnashuvlar ehtimoli ham istisno qilinmayapti: shunga o‘xshash voqea 2 yanvarda ham yuz bergan. O‘shanda donzo elatiga mansub kiyimlarda bo‘lgan odamlar fulani elatining 37 vakilini o‘ldirgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu hujum mamlakatga BMT Xavfsizlik kengashi delegatsiyasi kelgan paytda yuz berdi. BMT missiyasi faoliyati yuzlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan o‘tgan yilgi zo‘ravonliklar bilan bog‘langan. 

Malida 2012 yildan beri vaziyat beqaror bo‘lib qolmoqda. O‘shanda tuareg elatiga mansub isyonchilar va bir guruh jangarilar mamlakat shimolini bosib olib, u yerda Azavad davlatini tashkil etgan. 2013 yilda Fransiya Maliga qo‘shin olib kirib, ushbu hududni yana Mali hukumati nazoratiga qaytargan. 

Mavzuga oid