Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple o‘z kredit kartalarini chiqardi

Foto: Apple
Apple kompaniyasi o‘zining ilk moliyaviy mahsuloti — Apple Card kartalarini taqdim etdi. Kartalarni Goldman Sachs banki chiqaradi, ular Apple Wallet ilovasiga integratsiya qilinadi. Ilovada karta egasining kirim va chiqimlari hisoboti aks etadi.
Karta bilan Apple Pay qabul qilinadigan barcha joyda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda Apple Pay Amerikadagi 70% savdo nuqtalarida, dunyoning 40 mamlakatida qabul qilinadi.
Qolgan holatlar uchun titandan ishlangan fizik karta chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Kartada uning raqami, CVV xavfsizlik kodi, amal qilish muddati va karta egasining ism-familiyasi bo‘lmaydi. Bu ma'lumotlarning barchasi karta egasining telefonida bo‘ladi.
Apple Pay orqali to‘lov qilinganida 2% va Apple magazinlaridagi mahsulotlar uchun to‘lov qilinganida 3% keshbek taqdim etiladi. Fizik karta uchun keshbek 1%ni tashkil etadi.
Moliyaviy mahsulotlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi NerdWallet kompaniyasi mutaxassisi Sara Ratnerning fikricha, karta tez-tez Apple mahsulotlarini sotib oluvchi va uning servislaridan foydalanuvchilar uchun qulay bo‘ladi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025