Jamiyat | 21:06 / 28.03.2019
20280
1 daqiqa o‘qiladi

Qur'oni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk tarjimasi taqdim etildi

“O‘zbekiston” nashriyot matbaa-ijodiy uyi tomonidan “Qur'oni karim ma'nolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va tafsiri” kitobi 8000 nusxada nashr etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati shu haqida xabar bermoqda. 

“Qur'oni karim ma'nolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va tafsiri” kitobi - tarjimon Shamsuddin Bahouddinovning ijodiy mehnati mahsuli. 

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati

Kitobdan muqaddas Islom dini asosiy manbasi hisoblangan Qur'oni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk tarjimasi joy olgan. Shuningdek, Shayx Abdulaziz Mansurning tafsir kitobi va arab tilidagi tafsir kitoblar ham manba sifatida olingan. 

Mavzuga oid