Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hay'ati a'zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hay'ati a'zolarining soni to‘qqiz nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:
1. Umurzakov Sardor O‘ktamovich - vazir
2. Bekenov Sunatulla Xusanovich - vazirning birinchi o‘rinbosari
3. Lavozimiga ko‘ra - vazirning birinchi o‘rinbosari
4. Qudratov Laziz Shavkatovich - vazir o‘rinbosari
5. Vafoyev Shuhrat Abdusharifovich - vazir o‘rinbosari
6. Abidov Badriddin Nurutdinovich - vazir o‘rinbosari
7. Lavozimiga ko‘ra - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
8. Lavozimiga ko‘ra - Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori
9. Abdurahmonov Inomjon Abdug‘aniyevich - Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i
Bundan oldin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi belgilanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:15
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
21:10 / 18.11.2024