Jahon | 22:20 / 31.03.2019
5480
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mahalliy saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi 

Foto: REUTERS / Murad Sezer

Turkiyada 31 mart kuni o‘tgan mahalliy saylovlarda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yetakchilik qiluvchi Turkiya adolat va taraqqiyot partiyasidan (ATP) nomzodlar Anqara va Istanbul meri uchun saylovlarda yetakchilik qilmoqda, Izmirda esa muxolifatga yutqizmoqda. Bundan saylovlarning dastlabki natijalari darak bermoqda.

31 foiz ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin Istanbul meri lavozimi uchun ATPdan nomzod, Erdo‘g‘anning yaqin safdoshi, sobiq bosh vazir Binali Yildirim 51,6 foiz ovoz bilan, Anqarada esa 26 foiz ovoz hisob-kitob qilingandan keyin ATP raisi o‘rinbosari Mexmet Ozxaseki 50,6 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. 

Umuman olganda saylovlarda ATP nomzodlari yetakchilik qilmoqda.

Ushbu saylovlarda Turkiyaning yetakchi siyosiy partiyalari o‘tgan yilgi parlament va prezident saylovlaridagi kabi ikkita yirik siyosiy blokka: “Xalq ittifoqi” (Cumhur İttifakı) va “Millat ittifoqi”ga (Millet İttifakı) birlashgan. “Xalq ittifoqi” ATP va Milliy harakat partiyasi tomonidan shakllantirilgan. Bu blokning asosiy raqibi “Millat ittifoqi” esa Xalq-respublikasi partiyasi va Yaxshi partiyadan tashkil topgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid