Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alimentchi ota chetga chiqishi uchun 23 mln so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati Uchquduq tuman bo‘limi ish yurituvida ijro hujjati bo‘yicha qarzdor B.S.dan undiruvchi D.J. foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi hujjat mavjud.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 23 mln so‘m aliment to‘lovlari oldindan to‘langan.
Shu tariqa, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini cheklash to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
13:30 / 17.05.2025
Uchquduqda ovchi ehtiyotsizlik oqibatida sherigini otib qo‘ydi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024