Jahon | 08:17 / 01.04.2019
6702
1 daqiqa o‘qiladi

«Elektromagnit hujumlar»: Maduro elektr energiyasidagi uzilishlar haqida

Foto: AFP 2019 / Yuri Cortez

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro respublika elektr energiyasi ta'minoti obektlariga «elektromagnit hujumlar» haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar beryapti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelada elektr energiyasidagi uzilishlar ushbu «hujumlar» tufayli yuzaga kelgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi paytda respublika rasmiylari bu hodisalarni surishtiruvdan o‘tkazmoqda.

Maduroning qayd etishicha, «zarba» Venesuelaning ishlab chiqarish quvvatlariga qarata berilgan.

Bundan oldin, Maduro Venesueladagi eng yirik GESga mergan hujum qilganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mergan «Guri» GESni uzoqqa otadigan miltiqdan o‘qqa tutgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid