Jamiyat | 11:57 / 01.04.2019
68344
1 daqiqa o‘qiladi

Qanday shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda qator shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Ular:

avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;

aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid